Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor hamda amerikalik bloger, aktyor, bokschi va World Wrestling Entertainment (WWE) federasiyasi restleri Logan Pol 2025 yilda o‘zaro ringda to‘qnash keladi.
Boks qoidalari asosida o‘tkaziladigan asosida ko‘rgazmali maqomda o‘tkaziladigan ushbu jangga Hindistonning Mumbay shahri mezbonlik qiladi. Bu haqda jurnalist Glenn Emmett o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jangchilarga yaqin manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, har ikki sportchi jang uchun kafolatlangan 250 million AQSh dollaridan gonorar oladi. Ushbu katta jang tashkilotchisi sifatida Hindistonning Qirollik oilasi - Ambanilar bo‘lishi aytilmoqda. Bu boks kechasi Hindiston turizm va sporti rivoji uchun xizmat qiladi.
E’tiborlisi, bu xabarni shaxsan Konor Makgregorning o‘zi ham tasdiqladi. Irlandiyalik Emmettning ijtimoiy tarmoqqa qo‘ygan postiga Hindiston bayrog‘i va yurakcha qo‘yish bilan munosabat bildirgan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Logan Pol WWE, ya’ni restler bo‘yicha AQSh chempioni hisoblanadi. U o‘zining so‘nggi jangini shu yilning yozida SummerSlam shousida o‘tkazib, o‘z titulini Naytga yutqazib qo‘ygandi. Konor Makgregor esa iyun oyida Maykl Chendler bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Lekin oxir-oqibat bu jang bekor bo‘lgandi.