AQSh Ukrainani yo‘qotishga qodir emas , chunki bu Vashingtonni Rossiyaga nisbatan yutqazib qo‘yadi. Bu haqda Vakillar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Maykl Makkol ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi .
“Bu bizni Rossiyaga nisbatan yutqazib qo‘yadigan dahshatli siyosiy qaror bo‘lardi.Prezident Donald Tramp urushni to‘xtatib, tinchlik muzokaralarini o‘tkazishni istaydi”, dedi u.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Tramp oldida Moskva bilan muzokaralarda Kiyevni ta’minlash vazifasi turibdi . Makkolning ta’kidlashicha, mojaro "Ukrainani avtobus ostiga tashlamaslik" sharti bilan yakunlanishi kerak.