Qirg‘iziston bilan chegaradosh Arka-2 qishlog‘ida noma’lum maishiy qurilmaning portlashi sodir bo‘ldi, natijada ayol va uning 12 yoshli qizi jarohat oldi .
Portlash natijasida bir ayol va uning 12 yoshli qizi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Har ikki jabrlanuvchining ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Hodisa joyi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘rab olingan, hozirda hodisaning barcha holatlarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qirg‘iziston rasmiylari portlash haqida tojik tomonini xabardor qilgan.