Ko‘pgina ukrainaliklar Rossiya foydasiga hududlardan voz kechish g‘oyasini ko‘proq qabul qila boshladilar. Bu haqda Shveysariyaning Neuye Zürcher Zeitung (NZZ) gazetasi xabar berdi .
Nashrning ta’kidlashicha, hududiy imtiyozlar g‘oyasi ko‘plab fuqarolar ongida mustahkam o‘rin olgan. Maqolada, shuningdek, Donald Trampning Ukraina bo‘yicha bo‘lajak maxsus vakili Keyt Kellogning tinchlik tashabbusini amalga oshirish ehtimoli Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun falokat bo‘lishi aytiladi .