Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Gerzi Ha-Levi yaqin kunlarda Eron tomonidan ehtimoliy “ekstremal” harakatlarga qarshi harbiylarni shay holatga keltirishni buyurdi.
Mudofaa manbalariga ko‘ra, ogohlantirish Livan va Suriyadagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin Tehron duch kelgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
Manbalar Eronda valyuta kursi tushib ketgani, infratuzilma muammolari va siyosiy notinchliklarga ishora qilmoqda. Shu oy oxirida Trampning Oq uyga qaytishi oldidan Eron uchun ham noaniqlik bor.
Bu omillar Isroilni Eron javob qaytarishi mumkinligidan xavotirda. Bu borada Isroil armiyasi turli ssenariylarga tayyorlanmoqda.