Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yarashuv: ikki farzand otasi bag‘riga qaytdi

Yarashuv: ikki farzand otasi bag‘riga qaytdi

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir. Bugungi kunda oilada er-xotinning huquq va majburiyatlariga amal qilmasligi aksariyat hollarda nizolarga sabab bo‘layotgani va oxir-oqibat notinchlik ortidan ayrim farzandlar otasiz yoki onasiz ulg‘ayishga majbur bo‘layotgani rost.

Qachonlardir bir-birlarini yaxshi ko‘rib turmush qurgan, buning mevasi sifatida farzandlar dunyoga kelgan oila qandaydir sabablar omilida avvalgidek baxtli yashashni istashadi.

Bugungi kunda Byuro xodimlari ham o‘sha sababchi shaxslarga aylanmoqda.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasiga asosan J.K. hisobidan M.K. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati byuroning Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisining harakatlari bilan tomonlarga to‘g‘ri huquqiy tushuntirishlar berish natijasida oila qayta tiklanib, ijro ishi amalda tamomlandi. Natijada norasida bola ota-onasining mehriga to‘yib o‘sadigan bo‘ldi.

Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan bu boradagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda. Toki, muqaddas oila qo‘rg‘oni hech qachon darz ketmasin.

Kiritildi: Bugun 19:22. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!