Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yarashish niyatim yo‘q: xonanda Zohid rafiqasi ajrashmoqchi

A A A
Yarashish niyatim yo‘q: xonanda Zohid rafiqasi ajrashmoqchi

“Ummon” guruhidagi ijodiy faoliyati bilan tanilgan xonanda Zohid Rixsiyevning rafiqasi Kamola Ortiqova "Instagram" sahifasi orqali muxlislardan kelgan savollarga javob berdi. Uning obunachilaridan biri Kamola Ortiqovadan Zohid bilan nima uchun ajrashayotgani haqida so‘ragan.

Kamola Ortiqova esa ushbu savolga javoban “Ajrashayotganimizning sababini ayta olmayman. Lekin birga yashamayotganimiz aniq. Yarashish niyatim ham yo‘q. Boshqa savollarga javob bera olmayman”, deb izoh qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Kamola Ortiqova xonanda Zohidning 12 yillik muhabbati edi. Ular 2020 yilning oktyabr oyida turmush qurishgandi.

Kiritildi: 20:40 17.10.2021. O'qildi: 14712 marta. Fikrlar soni: 35 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!