Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yarash oshi pishdimi? Tramp va Mask yana birgalikda ko‘rinish berdi

 Yarash oshi pishdimi? Tramp va Mask yana birgalikda ko‘rinish berdi

Arizonadagi stadionda tashkil etilgan Charli Kirkni xotirlash marosimida Donald Tramp va Ilon Maskni may oyidan beri birinchi marta birga ko‘rishdi. Ular qisqa suhbatlashishgan.

“Ilon kelib salomlashdi... yonimizga kelgani yaxshi bo‘ldi, biroz suhbatlashdik. Biz juda yaxshi munosabatda edik, u kelgani juda yaxshi bo‘ldi”, dedi Tramp jurnalistlarga Mask bilan muloqoti haqida.

Iyun oyida Mask va Tramp o‘rtasida AQSh prezidentining federal xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha taklifi sabab nizo kelib chiqqandi. Buning ortidan Mask o‘z partiyasiga asos solish harakatiga tushib qolgandi.

Kiritildi: 16:29 22.09.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!