Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaralangan tojik chegarachilarining soni 13 taga yetdi

A A A
Yaralangan tojik chegarachilarining soni 13 taga yetdi

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv joyidan olingan ma’lumotga qaraganda, har ikki tomondan yaralanganlar soni ortib boroqda.

Qirg‘iziston bilan chegarada jarohatlangan Tojikiston fuqarolari soni 13 taga yetdi deya xabar tarqatmoqda Sputnik Tojikiston muxbiri.

Ular orasida askarlar ham, tinch aholi ham bor. Manbaga ko‘ra, hozirda barcha yaradorlar Isfara shahridagi kasalxonaga olib ketilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yaralangan 13 nafar yaradorning 11 tasi aksarlar, qolgan ikkitasi tinch aholi vakillari.

Shifokorlarning aytishicha, kasalxonaga kelganlarning birini ahvoli og‘ir darajada, shifokorlar uning hayoti bilan kurashmoqda.

Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra, tog‘larda joylashgan qirg‘iz qo‘shinlari og‘ir qurollardan foydalangan va Tojikiston bilan chegaradosh qishloqlarni to‘rt tomondan o‘qqa tutgan.

Yaqin hududlarda elektr ta’minoti o‘chirilgan.Asosiy o‘qlar Xo‘ja A’lo va Somoniyon taraflarga kelib tushgan.

Qayd etish kerakki, Tojikiston hukumati halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini rasman e’lon qilmadi.

Kiritildi: 23:17 27.01.2022. O'qildi: 1924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!