Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Yaqin Sharqdagi nizo sababli avtoishlab chiqaruvchilar orasida "vahimali xaridlar" boshlandi

Yaqin Sharqdagi nizo sababli avtoishlab chiqaruvchilar orasida "vahimali xaridlar" boshlandi

Yaqin Sharq mintaqasidagi nizo avtoishlab chiqaruvchilar o‘rtasida alyuminiyni «vahima ichida yoppasiga sotib olish» jarayonini keltirib chiqardi. Ular xomashyo zaxiralari bir necha oy ichida tugab qolishidan xavotirga tushmoqdalar.

Bu haqda "Financial Times" nashri yozmoqda.

Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar mahsulot hajmini qisqartirdilar. Shu bilan birga, logistika bilan bog‘liq muammolar xomashyo importi va eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«Agar vaziyat shu tarzda davom etsa, vahimali xaridlar yanada ortib boradi», — deya ta’kidlanadi nashrda.

Kiritildi: Bugun 19:05. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!