Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoy va Yaponiya o‘rtasida yangi inqiroz

Xitoy va Yaponiya o‘rtasida yangi inqiroz

Seshanba kuni ertalab o‘zini Yaponiya o‘zini himoya qilish kuchlari ofiseri deb tanishtirgan shaxs Yaponiya poytaxti Tokiodagi Xitoy elchixonasi hududiga devordan oshib kirib, diplomatlarga tahdid qildi.

Xitoy TIV rasmiy vakili Lin Szyan Pekin ushbu voqeadan shok holatida ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunbuzar o‘z harakatlarining noqonuniyligini tan olgan, biroq “xudo nomidan” xitoylik diplomatlarni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

Yaponiya hukumati esa ushbu holatni “chuqur afsuslanarli” deb atadi.

Xitoy Yaponiyaga nisbatan qat’iy nota yuborib, keskin norozilik bildirdi. Pekin zudlik bilan to‘liq tergov o‘tkazish, aybdorlarni qattiq jazolash va rasmiy izoh berishni talab qilmoqda.

Ushbu voqea ikki davlat o‘rtasidagi allaqachon tarang munosabatlarni yanada kuchaytirdi. Diplomatik ziddiyat Sanae Takaitining Tayvan masalasi bo‘yicha bayonotlaridan keyin avj olgan edi.

Nikkei ma’lum qilishicha, Yaponiya yillik diplomatik hisobotida Xitoy bilan munosabatlar maqomini pasaytirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, mazkur taranglik Yaponiya uchun ma’lum ma’noda foydali ham bo‘lmoqda — Yevropa davlatlari yetakchilari Sanae Takaiti bilan uchrashuvlarga qiziqish bildirib, Xitoyga nisbatan muvozanatli siyosat yuritishga intilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:44. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!