Eron atrofidagi keskinlik fonida jahon neft narxlari o‘smoqda. Bu esa xomashyo eksport qiluvchi Rossiya daromadlarini ham oshiryapti. The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, Kremlning neft-gaz tushumlari kuniga taxminan 760 mln dollarga yetayotgan bo‘lishi mumkin.
Natijada Rossiyani zaiflashtirishi kutilgan geosiyosiy bosim aks ta’sir ko‘rsatmoqda — qimmat neft orqali Moskva moliyaviy jihatdan mustahkamlanmoqda.
Mutaxassislar buni «domino effekti» deb baholamoqda: Yaqin Sharqda mojarolar qancha uzoq davom etsa, neft narxi shuncha yuqori bo‘ladi va Ukrainadagi urushni davom ettirish uchun Rossiyada resurslar ko‘payib boradi.