Bugun 22 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQSh ultimatumiga javob qaytardi

Eron AQSh ultimatumiga javob qaytardi

Agar AQSh Eron elektr stansiyalariga zarba bersa, Eron Ormuz bo‘g‘ozini butunlay yopib qo‘yadi. Bu haqda «Xatam al-Anbiya» harbiy qo‘mondonligi markaziy shtabi vakili Ebrahim Zolfag‘ari ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh tahdidlari amalga oshirilsa, bo‘g‘oz «zarbaga uchragan Eron elektr stansiyalari qayta tiklangunga qadar» yopiq qoladi, deb yozadi Fars agentligi.

Shuningdek, Zolfag‘ari hujumlar sodir bo‘lgan taqdirda, Tehron Isroilning energetika infratuzilmasi hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari ob’ektlarini zarbalar uchun nishon sifatida ko‘rishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, uning aytishicha, Yaqin Sharqdagi AQSh manfaatlari mavjud bo‘lgan kompaniyalar, shuningdek, hududida Amerika harbiy bazalari joylashgan mintaqa mamlakatlarining elektr stansiyalari ham zarba ostida qolishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 20:29. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!