Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yuzaga kelgan gaz tanqisligi Hindiston aholisini yana o‘tin va ko‘mirdan foydalanishga qaytardi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.
«Suyultirilgan neft gazi ballonlarini hech qayerdan topib bo‘lmagani sababli, bizda o‘tin pechlarimizning changini artib, ulardan foydalanishdan boshqa chora qolmadi», — dedi Madxya-Pradesh shtatining Bxopal shahri fuqarosi Shanu Modak.
Yana bir uy bekasining ta’kidlashicha, odamlar xuddi buvilarining davridagidek yana o‘tin yorishga va olov yoqishga majbur bo‘lishmoqda.