Yaqin Sharq turizm sektori AQSh va Isroilning Eronga qarshi qo‘shma operasiyasi tufayli taxminan 56 milliard dollar zarar ko‘rishi mumkin.
Al Jazeera telekanali Tourism Economics tahliliy tashkilotining prognoziga tayanib xabar bermoqda.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar mojaro hal qilinmasa, mintaqaga xorijiy sayyohlar kelishi 2026 yilda 11-27 foizga kamayishi mumkin.
Bu tashkilotning dekabr oyidagi prognozidan sezilarli darajada farq qiladi, unda bu yil sayyohlar kelishi 13 foizga oshadi deb bashorat qilingan edi.
Agar eng yomon ssenariy amalga oshsa, mintaqa avvalgi kutilganlarga nisbatan 23 milliondan 38 milliongacha xorijiy sayyohni yo‘qotish xavfi mavjud. Moliyaviy oqibatlar ham sezilarli bo‘ladi: turizm xarajatlarining kamayishi natijasida yo‘qotishlar 34 milliard dollardan 56 milliard dollargacha bo‘lishi mumkin.