Yaponiyaning Tottori prefekturasidagi Kofu qishlog‘idagi Matanogava GESi hududidagi tunnelda portlash sodir bo‘ldi.
Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
Qayd etilganidek, stansiya xodimlaridan biri voqea haqida o‘t o‘chirish bo‘limiga xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zga ko‘rinarli olov yo‘q, ammo tunnel tutunga to‘lib ketgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
O‘t o‘chiruvchilar va polisiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.