Yaponiya gimnastika assosiasiyasi terma jamoa sardori Seko Miyatoni spirtli ichimliklar va chekish tufayli Parij Olimpiadasidan chetlashtirdi. Chunki bu mamlakatda 20 yoshgacha bo‘lganlar uchun qat’iyan taqiqlangan. Sportchi esa 19 yoshda, deb xabar beradi Kyodonew.
Monakodagi mashg‘ulot bazasidan qaytgach, gimnastikachi iyun oyining oxiridan beri noqonuniy spirtli ichimliklar va tamaki iste’mol qilganini tan oldi. Ushbu ma’lumot paydo bo‘lgach, Yaponiya gimnastika assosiasiyasi rahbari Tadashi Fujita matbuot anjumani o‘tkazdi va Seko Miyato Parijdagi Olimpiadadan chetlatilganini ma’lum qildi.
Yaponiya olimpiya qo‘mitasi bunday holat mamlakat tarixida birinchi marta sodir bo‘lganini ma’lum qildi. S.Miyatoning yo‘qligi milliy terma jamoaning xalqaro musobaqalardagi o‘yinlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. U mamlakat chempionatida g‘olib chiqdi va Olimpiadaga yo‘llanma oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yaponlar bu voqeani ikkilanish bilan baholadilar. Ayrim fuqarolarning fikricha, bunday nojo‘ya xatti-harakatlardan ko‘ra mamlakat sport jamoasining xalqaro imiji muhimroq. Yaponiya sharafini himoya qilishdan diskvalifikasiya qilish og‘ir jazo bo‘lib, jamoada qolgan gimnastikachilarning medal yutish imkoniyati kam. Assosiasiya qarori yosh Miyatoning sport karyerasiga ham nuqta qo‘yishi mumkin.