O‘tgan haftada Yaponiya Bosh Vaziri Shinzo Abe sog‘ligi yomonlashgani tufayli o‘z vazifasini muddatidan avval boshqa yetakchiga topshirishini ma’lum qilgandi.
Yaponiyadagi hukmron Liberal demokratik partiya yangi Bosh Vazir 14 sentyabrda saylanishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda 2 sentyabr kuni hukumat rasmiylaridan biri xabar bergan.
Liberal demokratik partiyaning bosh kengashi o‘zining yig‘iilshida saylov kuni 14 sentyabr bo‘lishini ma’qullagan. Shuningdek, Bosh vazirlikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 8 sentyabrga belgilandi.
Yaponiyada Bosh vazirni parlament saylaydi. Parlamentdagi eng ko‘p o‘ringa ega partiya yetakchisiga aylangan shaxs bir vaqtning o‘zida Bosh vazir lavozimini ham qo‘lga kiritadi.
Ayni paytda Abening davomchisi bo‘lishga 4 nafar nomzod bo‘lib, ularning ichida Yoshihide Suganing Yaponiya Bosh vaziri bo‘lishining ehtimoli ko‘proqligi aytilmoqda.