Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada xarid uchun “emlash pasporti” talab qilinishi mumkin

Yaponiyada xarid uchun “emlash pasporti” talab qilinishi mumkin

Yaponiya hukumati oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlari va shu kabi boshqa xaridlar uchun fuqarolardan emlanganligi to‘g‘risida pasport talab qilish tartibini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Japan News nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tegishli taklif payshanba kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha hukumat guruhi yig‘ilishida kiritilishi kutilmoqda.

– Do‘konlarga kiraverishda kishilardan vaksina olganini tasdiqlovchi hujjat so‘raladi. Shunga yarasha sertifikatlar egalari chegirmalar va qo‘shimcha xizmatlarga ega bo‘lishi mumkin, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyada pandemiya boshlanganidan beri 1,57 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ularning 16 mingga yaqini virus oqibatida halok bo‘lgan.

Kiritildi: 23:19 07.09.2021. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!