Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada velosiped haydash vaqtida telefon ishlatganlar qamaladi

Yaponiyada velosiped haydash vaqtida telefon ishlatganlar qamaladi

Yaponiyada yangi qoidaga ko‘ra, velosiped haydagan holda mobil telefondan foydalanganlar olti oygacha qamoq jazosi yoki 100 ming iyena (660 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

- Velosiped haydash paytida qo‘lingizda smartfon bilan qo‘ng‘iroq qilish yoki ekranga qarash taqiqlanadi, - deyiladi Milliy polisiya agentligi xabarida.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, velosipedchilar yo‘lda telefonlarini ishlatib, ba’zi baxtsiz hodisalarda piyodalarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Mamlakatda yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni kamayib borayotgan bo‘lsa-da, velosiped bilan bog‘liq hodisalar ulushi ortib bormoqda.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yili mamlakatda velosipedchilar ishtirokida 72 mingdan ortiq avariya qayd etilgan — bu jami YTHning 20 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Ko‘pgina mamlakatlardan farqli o‘laroq, Yaponiyaning asosiy yo‘llarida velosiped haydashga ruxsat beriladi. O‘tgan yili rasmiylar velosipedchilar uchun maxsus dubulg‘a kiyishni majburiy qilib qo‘ygan edi.

Yangi tartibga ko‘ra, mast holatda velosiped haydagan shaxs uch yilgacha qamoq yoki 500 000 iyengacha jarimaga tortilishi mumkin.

Velosipedchilarga spirtli ichimliklar taklif qilganlar ikki yilgacha qamoq yoki 300 000 iyen miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Yangi qonun kuchga kirganidan bir necha soat o‘tgach, Osaka ma’muriyati qoidabuzarlik uchun besh kishining, jumladan, mast holatda velosiped haydab yurgan ikki erkak kishining hibsga olinganini tasdiqladi.

Kiritildi: 19:42 05.11.2024. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!