Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Yaponiyada tibbiy yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi

Yaponiyada tibbiy yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi

Yaponiya janubi-g‘arbidagi dengizga 6 aprel kuni tibbiy yordam vertolyoti qulab tushdi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib Associated Press xabar berdi.

Sushima orolidan Fukuoka shahridagi shifoxonaga yo‘l olgan vertolyot bortida jami olti nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Aloqa uzilganidan bir necha soat o‘tgach, patrul kemasi vertolyotni aniqlagan. Qutqaruv operasiyasi doirasida hududga ikkita samolyot va uchta kema yuborilgan. Hodisa oqibatida 86 yoshli bemor, uning 68 yoshli qarindoshi va 34 yoshli shifokor halok bo‘lgan.

Vertolyotni ushlab qolgan uch kishi esa hushida bo‘lgan, ular gipotermiyadan (sovuq qotish) aziyat chekkan. Bortdagi uchuvchi va mexanik tajribali ekani, ob-havo parvoz uchun muammo tug‘dirmagani aytilmoqda. Dengiz xavfsizligi qo‘mitasi holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi.

Asahi Shimbun Daily xabariga ko‘ra, 2024 yilning iyul oyida xuddi shu kompaniya tomonidan boshqariladigan vertolyot Fukuoka provinsiyasidan ekin maydoniga qulab tushgan edi. Oqibatda bortdagi ikki kishi halok bo‘lgan

Kiritildi: 12:09 07.04.2025. O'qildi: 1360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!