Yaponiyada maktab avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda "xabar.uz" xabar bermoqda.
Voqea Xonsyu oroli shimolidagi Aomori viloyatining Oirase qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.
Avtobusda Xatinoxe shahridagi xususiy maktab o‘quvchilari ketayotgan edi.
Voqeaga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Lekin haydovchi yengil mashina bilan to‘qnashib ketmaslik uchun rulni burgan va yo‘l chetidagi to‘siqqa urilishi tufayli avtobus ag‘darilib ketgan.
Jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.