Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyada ishdagi stress tufayli ruhiy kasalliklar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi

Yaponiyada ishdagi stress tufayli ruhiy kasalliklar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi

2023 yilda ish bilan bog‘liq stress ruhiy kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lgan yaponiyaliklar soni rekord darajaga yetdi.

Bu haqda Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumotlari darak bermoqda.

Joriy noyabr Yaponiyada "Karosi" ogohlik oyidir, bu atama "ortiqcha ish tufayli o‘lim" degan ma’noni anglatadi. Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda ruhiy kasalliklar, jumladan, depressiya sababi sifatida ishda stressning kuchayishi rasman tashxis qo‘yilganlar soni 883 nafarga yetgan – bu tegishli statistik ma’lumotlar yig‘ilgandan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Bundan tashqari, ular orasida 52 nafar rahbarlik lavozimini egallagan kishi bor - yil davomida bu ko‘rsatkich 15 taga ko‘paydi va tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi. Ishdagi stress 15 kishini o‘z joniga qasd qilishga olib keldi - bir yil avvalgidan 4 kishi ko‘p.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda Yaponiyada o‘rta bo‘g‘in menejerlari o‘z rahbariyatining bosimiga duchor bo‘lmoqdalar, chunki ular bir tomondan o‘z ish madaniyatini isloh qilish va qo‘l ostidagilarning ish vaqtini qisqartirish, shu bilan birga ish unumdorligini saqlab qolish yoki hatto oshirish talab etiladi. Natijada, menejerlarning o‘zlariga ish yuki va ularning ish soatlari soni ortadi - so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, Yaponiyada o‘rta bo‘g‘in menejerlari oddiy xodimlarga qaraganda ishda ko‘proq vaqt sarflashadi.

Kiritildi: Bugun 10:29. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!