Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyada ikkita orol bir-biridan 10 santimetr uzoqlashdi

Yaponiyada ikkita orol bir-biridan 10 santimetr uzoqlashdi

Yaponiyalik tadqiqotchi mamlakat janubi-g‘arbidagi ikkita kichik orol uch kun ichida bir-biridan taxminan 10 santimetr uzoqlashganini aniqladi. Bu haqda NHK World-Japan telekanali xabar berdi.

So‘nggi haftalarda Kagosima prefekturasidagi Tokara orollari guruhi yaqinida seysmik faollik kuchaymoqda.

Toxoku universiteti Tabiat fanlari oliy maktabi professori Ota Yusaku yer qobig‘ining harakatini o‘rganar ekan, 2 iyulda sodir bo‘lgan 5,6 magnitudali zilziladan keyin uch kun ichida Kodakaradzima oroli shimoli-g‘arbga 6 sm, Takaradzima oroli esa janubga 3,5 sm siljiganini aniqladi.

Ilgari ikkala orol ham shimoliy-sharqiy yo‘nalishda harakatlanayotgan edi.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, qarama-qarshi yo‘nalishdagi bunday harakat birinchi marta qayd etilyapti.

Ota Yusakuning aytishicha, zilzilaning o‘zi bu siljishga sabab bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, chunki zilzila magnitudasi va episentrning orollardan uzoqligi bunday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan darajada kuchli bo‘lmagan.

Professor, shuningdek, bu hodisa kuchli zilzilaga olib keladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq aytish qiyinligini ta’kidladi.

U ushbu hodisaning sababini tushunish uchun oldingi davrlardagi geodezik ma’lumotlarni o‘rganishni rejalashtirilyapti.

Kiritildi: 22:45 12.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!