Yaponiyada birinchi marta ayol bosh vazir saylanishi mumkin.
Reuters agentligi xabar berishicha, bosh vazir Sigeru Isiba hukmron Liberal-demokratik partiya raisi va hukumat rahbari lavozimidan ketish haqidagi qarori fonida Sanae Takaiti uning o‘rniga eng real nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Isiba hukumatida Iqtisodiyot vaziri va Tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan 64 yoshli Takaiti saylansa, Yaponiya tarixidagi birinchi ayol bosh vazirga aylanadi.
Bosh vazirlik uchun Sindziro Koidzumi, Yosimasa Xayasi, Yosixiko Noda va Yuitiro Tamaki ham da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi saylovda Sanae Takaiti Sigeru Isiba bilan ikkinchi bosqichga chiqdi va unga 21 ovoz (194 ga 215) farq bilan mag‘lub bo‘ldi.