Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiyada 36 kishiga o‘t qo‘ygan gumondor qatl etiladi

Yaponiyada 36 kishiga o‘t qo‘ygan gumondor qatl etiladi

2019 yilda Kyoto Animation studiyasiga o‘t qo‘yib, ko‘plab o‘limga sabab bo‘lganlikda ayblangan erkak o‘z apellyasiyasini qaytarib oldi, deb xabar beradi Kyodo News.

46 yoshli Sindzi Aoba 2024 yil yanvarida Yaponiyadagi anime studiyasiga 36 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujum uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan. Avvalo himoyachi, keyin ayblanuvchining o‘zi apellyasiya shikoyati berdi. Biroq, Aoba dushanba kuni o‘z iltimosini qaytarib oldi. Shunday qilib, o‘lim jazosi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, erkak 2019 yil 18 iyul kuni soat 10:30 atrofida 70 nafar xodim ishlayotgan Kyoto Animation studiyasi binosiga kirgan. U binoni benzin yordamida yoqib yuborgan, natijada 36 kishi halok bo‘lgan, yana 32 kishi jarohatlangan.

Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u Kyoto Animation studiyasi uning romanini ko‘chirib oldi deb o‘ylagani uchun hujumni amalga oshirgan. Aobaning himoyachisi uning ruhiy jihatdan beqaror ekanligini va xayolparastlikdan aziyat chekayotganini aytdi.

Sudya Aoba haqiqatan ham, deliryumdan aziyat chekayotganini, ammo bu uning xatti-harakatiga unchalik ta’sir qilmaganini va sudlanuvchi o‘sha paytda "aqldan ozgan yoki fikrlash qobiliyati buzilgan" emasligini tan oldi.

Kyoto Animation butun dunyodagi anime muxlislari orasida mashhur, ayniqsa «K-On!» va "Xaruxi Suzumiyaning melanxoliyasi" ayniqsa, mashhur.

Kiritildi: 16:32 29.01.2025. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!