Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiya Xitoyni ayblamoqda

Yaponiya Xitoyni ayblamoqda

Yaponiya hukumati Xitoyni Sharqiy Xitoy dengizidagi chekka Amami orollari yaqinidagi eksklyuziv iqtisodiy zonasida (EIZ) noqonuniy tadqiqot faoliyatini olib borishda ayblab, unga norozilik bildirdi.

Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi jurnalistlarga navbatdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Diplomatik kanallar orqali Xitoy hukumatiga qattiq afsus va keskin norozilik bildirildi va ulardan ushbu noqonuniy tadqiqot faoliyatini zudlik bilan to‘xtatish talab qilindi”, dedi u.

Xayasining so‘zlariga ko‘ra, 28 va 30 sentyabr kunlari Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Amami orollari yaqinida trubaga o‘xshash narsa suvga cho‘kib ketgan Xitoy okeanografik kemasini kuzatgan. Yaponiya patrul kemalari Xitoy kemasining EIZni tark etishini talab qilish uchun ovoz kuchaytirgichlardan foydalangan.

Kiritildi: 11:10 02.10.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!