Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya vazirlar mahkamasida kutilmagan o‘zgarish

Yaponiya vazirlar mahkamasida kutilmagan o‘zgarish

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida chorshanba kuni vazirlar mahkamasi tarkibini o‘zgartirib, mamlakat tarixida birinchi marta besh nafar ayol vazirni tayinladi. Shu bilan birga, bosh vazir yaqin vaqt ichida mamlakat parlamenti quyi palatasini tarqatib yuborishni rejalashtirmoqda deb xabar beradi Kyodo.

Kishida bu o‘zgarish hukumat boshqaruvini kuchaytirib, jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda.

19 vazirdan 11 nafari o‘zgardi. Sobiq adliya vaziri, tajribali ayol deputat Yoko Kamikava tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi.

Moliya vaziri Shunichi Suzuki, vazirlar mahkamasi bosh kotibi Xirokazu Masuno va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura o‘z o‘rnida qoldi. Masuno va Nishimura konservativ siyosiy qarashlari bilan mashhur.

Vazirlar mahkamasining siyosatini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash tobora kamayib bormoqda, bu qisman aholining narxlarning oshishidan noroziligi va ish haqining oshirilmaganligi bilan bog‘liq.

Yaponiyaning raqamli rivojlanish vaziri, Jorjtaun universiteti bitiruvchisi va sobiq tashqi ishlar vaziri Taro Kono ham o‘z o‘rnini saqlab qoldi.

Minoru Kixara mudofaa vaziri etib tayinlandi. Vazirlar mahkamasining boshqa yangi a’zolari orasida Sog‘liqni saqlash vaziri Keyzo Takemi, Mintaqaviy rivojlanish vaziri Shinako Suchiya va Qishloq xo‘jaligi vaziri Ichiro Miyashita bor.

Chorshanba kuni LDPga rahbarlik qiluvchi Kishida ham hukmron partiya rahbariyatini almashtirdi.

Kiritildi: 22:45 14.09.2023. O'qildi: 1298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!