Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi parlamentga 92,7 milliard dollarlik byudjetga qo‘shimchalar loyihasini kiritdi

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi parlamentga 92,7 milliard dollarlik byudjetga qo‘shimchalar loyihasini kiritdi

Parlamentda ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmagan koalisiya tomonidan tuzilgan Yaponiya hukumati joriy moliya yili (2025 yil mart oyi oxirida yakunlanadigan) byudjetiga 13,9 trln iyena (taxminan $92,7 mlrd) miqdorida qo‘shimchalar kiritish loyihasini deputatlar muhokamasiga kiritdi.

Qo‘shimcha byudjetning qariyb yarmini obligasiyalar chiqarish hisobiga ta’minlash rejalashtirilgan, bu esa davlat qarzining yanada o‘sishiga olib keladi.

Qo‘shimcha xarajatlarning 3,4 trln iyenasi inflyasiyaga qarshi kurashga, 5,8 trln iyenasi iqtisodiyotni, shu jumladan sun’iy intellekt va yarimo‘tkazgichlar sohasini rag‘batlantirishga, 4,8 trln iyenasi jamoat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Byudjetga kiritilgan tuzatishlar 21 dekabr kuni parlament sessiyasi yakuniga qadar qabul qilinishi kerak. Biroq, ozchilik hukumatini shakllantirgan Liberal-demokratik partiya va u bilan koalisiyaga kirgan "Komeyto" partiyasi muxolifatchi partiyalar tomonidan bir qator talablarga duch kelishi mumkin.

Kiritildi: 09:59 09.12.2024. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!