Avvalroq ushbu mamlakat "Fukusima-1" AES stansiyasidan chiqqan radioktiv moddalarni okeanga to‘kishni boshlagandi.
Yaponiya shimolidagi Xakodate qirg‘oqlari o‘lik baliqlar bilan "qoplandi". Hududdan olingan dron tasvirlarida dengiz to‘lqinlari minglab o‘lik baliqlarni sohilga oqizib kelganini ko‘rish mumkin.
Xakodate shahar rasmiylari bayonotida, baliqlarning ommaviy nobud bo‘lish sababi noma’lumligicha qolayotganini ma’lum qilindi. Ammo ular orasida kasallik tarqalgani haqida taxminlar borligi uchun aholi o‘lik baliqlarni uyiga olib ketmaslikka chaqirildi.