Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yaponiya Osiyo o‘yinlarining ochilishiga 10 ming nafar polisiyachini jalb qilmoqchi

Yaponiya Osiyo o‘yinlarining ochilishiga 10 ming nafar polisiyachini jalb qilmoqchi

Yaponiyaning markaziy qismidagi Nagoya shahrida kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida xavfsizlikni ta’minlash uchun qariyb 10 ming nafar polisiya xodimi jalb qilinadi. Bu haqda payshanba kuni Milliy polisiya agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi Kyodo News.

Ayti-Nagoya Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi 19 sentyabrda shahardagi yengil atletika stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Yaponiya imperatori Naruxito va imperatrisa Masako, shuningdek, boshqa yuqori lavozimli rasmiylar ishtirok etadi. Bosh vazir Sanae Takaichining esa marosimda ishtirok etishi rejalashtirilmagan.

10 ming nafar polisiya xodimining 3,1 ming nafari mamlakatning turli hududlaridagi polisiya bo‘linmalaridan maxsus yuboriladigan tezkor kuchlardan iborat bo‘ladi.

Marosim o‘tkaziladigan ob’ekt va imperatorlik jufti joylashadigan hududdan taxminan 1 kilometr radiusdagi maydon dronlar uchirilishi taqiqlangan hudud sifatida belgilanadi. Bu kichik uchuvchisiz havo apparatlarining parvoziga doir talablarni kuchaytirgan yaqinda qabul qilingan qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunning qayta ko‘rib chiqilgan versiyasi imperator ishtirok etadigan tadbirda birinchi marta qo‘llaniladi.

«Yolg‘iz bo‘ri» formatidagi terrorchilik hujumlariga qarshi turish maqsadida Milliy polisiya agentligi dushanba kuni bunday tahdidlarga oid ma’lumotlarni to‘playdigan markaz tashkil etadi. Uning mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidli xabarlarni ham kuzatib boradi. Xavfsizlikni ta’minlash choralarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan ham foydalaniladi.

Shimoliy Koreya va Eron ham ishtirok etadigan sport musobaqasi Yaponiyada 1994 yildan beri birinchi marta o‘tkazilmoqda. Asosan Ayti prefekturasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari 4 oktyabrga qadar davom etadi.

O‘yinlar davomida sportchilar Nagoya portida turgan kruiz kemasida ham joylashtiriladi. Shu munosabat bilan polisiya organlari Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati bilan hamkorlikda xavfsizlik choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 13:02 13.09.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!