Yaponiyaning «Yomiuri Shimbun» gazetasi Shimoliy Koreyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ri Yong Xoning o‘tgan yili qatl etilishi ehtimoli haqida xabar berdi.
Nashrga xabardor manbalarning aytishicha, u o‘tgan yilning yozi va kuzi orasida qatl etilgan.
Ushbu nashrga ko‘ra, Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligining 4 yoki 5 nafar xodimi Ri Yong Xo bilan bir vaqtda qatl etilgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Shimoliy Koreyaning Britaniyadagi elchixonasi bilan bog‘liq ba’zi noaniq masalalar bu qatllarga sabab bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan.