Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiya mamlakatda yangi qurol saqlash omborlari quradi

Yaponiya mamlakatda yangi qurol saqlash omborlari quradi

Yaponiya hukumati 2024-moliya yilidan (2024 yil 1 apreldan boshlab) mamlakatda joylashgan 9 ta harbiy ob’ekt hududida o‘q-dorilarni saqlash omborlari qurilishini boshlash niyatida. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Yangi omborlar shimoliy Xokkaydo, janubiy Okinava va janubi-g‘arbiy Kagosima va Miyazaki prefekturalarida paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun Yaponiya Mudofaa vazirligi kelgusi moliya yili uchun budjet loyihasida 12,4 milliard iyen (taxminan 84 million dollar) so‘ragan, deya ta’kidlaydi agentlik.

Kyodo agentligiga ko‘ra, inqiroz yuzaga kelganda omborlar dushman nishoniga tushishi mumkin. Yaponiya mudofaa vazirligi ularda saqlanadigan o‘q-dorilarning turlari va hajmini oshkor qilmaydi. Bu mahalliy aholini tashvishga solishi mumkin.

Kiritildi: 23:01 18.09.2023. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!