Yanvar oyi oxirida Yaponiyadagi Tokio hayvonot bog‘idan ikki egizak panda Xitoyga qaytarilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hayvonlar qaytganidan keyin Yaponiya hayvonot bog‘lari 53 yil ichida birinchi marta pandalardan xoli bo‘ladi.
Agentlikning qayd etishicha, birinchi pandalar Xitoydan Yaponiyaga 1972 yilda ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning normallashgani belgisi sifatida ko‘chirilgan. Biroq Pekin va Tokio o‘rtasida keskinlik kuchaygan bir paytda, Yaponiya hayvonot bog‘larida yangi pandalarning paydo bo‘lish istiqbollari noaniqligicha qolmoqda.
Qayd etish joizki, barcha yirik pandalar Xitoy mulki hisoblanadi: hatto xorijda tug‘ilgan hayvonlar ham xorij hayvonot bog‘lariga faqat ijara shartnomasi asosida o‘tkaziladi. Bu tamoyil Pekin tashqi siyosat vositasi sifatida foydalanadigan “panda diplomatiyasi”da mustahkamlangan.