Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiya chet elliklarga mamlakatga kirishni butunlay taqiqlamoqchi

Yaponiya chet elliklarga mamlakatga kirishni butunlay taqiqlamoqchi

Dunyoda aniqlangan koronavirus mutasiyalari bilan bog‘liq holda, Yaponiya hukumati chet elliklarning mamlakatga kirishini deyarli butunlay taqiqlashni rejalashtirmoqda, hattoki ishbilarmonlar uchun joriy etilgan migrasiya imtiyozlari ham bekor qilinishi mumkin.

Bu haqda “NHK” telekanali xabar berdi.

Zero, 28 dekabrdan yanvar oyining oxirigacha Yaponiya hukumati koronavirusning yangi turining aniqlanishi munosabati bilan dunyoning barcha mamlakatlari va mintaqalari fuqarolariga yangi vizalar berishni to‘xtatdi. Hozirda mamlakatga bu yerda doimiy yashovchi va uzoq muddatli vizalari bo‘lgan fuqarolar hamda chet elliklar tashrif buyurishlari mumkin, xolos.

Biroq, ma’lum qilinishicha, rasmiylar tegishli ikki tomonlama shartnomalar amal qilayotgan (Xitoy, Janubiy Koreya, Tailand, Vyetnam, Singapur, Malayziya va boshqalar) 11 mamlakat va mintaqalar ishbilarmonlari uchun joriy etilgan migrasiya imtiyozlari ta’sirini to‘xtatishga qaror qilishgan.

Yaponiyada pandemiya boshlanganidan beri koronavirus infeksiyasining 300 mingdan ortiq holatlari qayd etilgan.

Kiritildi: 21:45 13.01.2021. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!