Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya bosh vaziri “kutilmagan vaziyatlarga” tayyorlanishni buyurdi

A A A
Yaponiya bosh vaziri “kutilmagan vaziyatlarga” tayyorlanishni buyurdi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bir qator idoralarga KXDR tomonidan raketa uchirilganidan keyin “kutilmagan vaziyatlarga” tayyorlanishni buyurdi.

“TASS”ning Kiodo agentligiga tayanib xabar berishicha, Yaponiya bosh vaziri uchta farmoyish chiqargan: mintaqada navigasiya va fuqaro aviasiyasi xavfsizligini ta’minlash, aholini vaziyatning rivojlanishi haqida tezkor ma’lumot bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish.

Avvalroq Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, KXDR ballistik raketasini Yaponiya dengizi tomon uchirgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 09:23 25.09.2022. O'qildi: 2225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!