Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Yangiyo‘l tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
Yangiyo‘l tumanida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Yangiyo‘l tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.I. va boshqalar dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 630 quti “Remdesivir for injection”, “Zemen”, “Sefason” va “Sulmerop” nomli tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini fuqaro F.ga 219,9 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pul hisobidan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 20:38 13.05.2022. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!