Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi (FOTO)

A A A
Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi (FOTO)

Avvalroq, Yangihayot tumanida “Millatlar do‘stligi” nomli street art chizilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu surat hokimlik tashabbusi bilan ko‘p qavatli uyning devoriga tushirilgan edi.

Endi ushbu tuman yana bir jihati bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi. Gap shundaki, Toshkent shahridagi 12chi tuman bo‘lgan Yangihayot O‘zbekistondagi o‘z logotipiga ega bo‘lgan ilk tuman bo‘ldi. Muhimi, logotip mualliflik huquqiga ega.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tumanda bugun muhim o‘zgarishlar, katta yangiliklar bo‘lmoqda. Eng muhimi, qilinayotgan ishlarda imij, sifat, kreativlik masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Birgina quruvchilar tomonidan ko‘p qavatli uylarning fasad qismini suratdagi kabi o‘ziga xos uslubda bo‘yash fikri ham aslida, yangi va yaxshi tashabbus.

Mahallalar va maktablarning kirish qismlari ham bunday tashabbusdan mustasno emas.

Tuman logotipi o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lib, unda Yangihayot so‘zidagi ikki kalit harf – «Y» va «h» ifodalangan. Ushbu harflar moviy va zangori ranglarda bo‘lib, ular yangi, toza, sof hayotni bildiradi. Logotip shaklida o‘tkir va chorak aylana kesishuvlaridan foydalanilgan. Bu uslub o‘zida ham sharqona, ham zamonaviy minimalistik uslubni o‘zida mujassamlashtirgani bilan e’tiborga loyiq. Shuningdek, harflar shakli yaproqlarni eslatadi. Yaproqlar esa katta bir daraxt bo‘lib, tuman Vatanimizning bir bo‘lagi ekanini anglatadi.

Qisqacha qilib aytganda, yangi tuman Yangi O‘zbekistonning yangi hayotini o‘zida mujassam etishga, har ishda kreativ, birinchi va mas’uliyat bilan yondashishga bel bog‘lagan. Tuman o‘z imijini yaratarkan, ushbu logotipni ko‘rganingizda Yangi bir hayot, sifat, farovonlik va mas’uliyat esingizga tushishini maqsad qilgan!

Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi (FOTO)Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi (FOTO)Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi (FOTO)Yangihayot tumani o‘z logotipiga ega ilk tuman bo‘ldi (FOTO)

Kiritildi: 15:41 30.08.2021. O'qildi: 4873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!