Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangiyerda subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

A A A
Yangiyerda subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyer shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.R. fuqaro J.T.ga 10 mln so‘m evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Xovos shaharchasida yangi qurilgan uylardan birini subsidiya asosida olib berishga yordamlashishni va’da qilib, oldindan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, G.R. 2022 yilning dekabr oyida fuqarolar D.N. va A.N.ning ishonchiga kirib, ularga subsidiya orqali uy-joyga muhtoj oilalarga ajratiladigan xonadondan birini olib berish evaziga 10 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:27 09.02.2023. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!