Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yangi Zelandiyada mahalliy maori xalqi huquqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Yangi Zelandiyada mahalliy maori xalqi huquqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Yangi Zelandiyada 40 mingdan ortiq odam mahalliy maori xalqining huquqlarini cheklovchi qonun loyihasiga qarshi namoyishga chiqdi.

Bu haqda G‘arb OAVlari xabar bermoqda.

Parlamentga kiritilayotgan qonun loyihasiga javoban namoyishchilar Yangi Zelandiya bayrog‘ini ko‘tarib, milliy qo‘shiqlar kuylab, poytaxt Vellington ko‘chalariga chiqdi.

Qonun loyihasi 1840 yilda Britaniya vakillari va Maori boshliqlari tomonidan imzolangan Vaytangi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritadi. Ushbu shartnoma Yangi Zelandiya davlatini yaratishga asos solgan deb ishoniladi. Hujjatga ko‘ra, Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya nazoratiga o‘tgan va buning evaziga maorilar o‘zlarining mulkiy va nomulkiy huquqlarini saqlab qolgan va Britaniya himoyasiga ega bo‘lgan.

Qonun loyihasi tanqidchilari uning ma’qullanishi mamlakatda tartibsizliklarga olib kelishi va maori huquqlarini cheklashi mumkinligidan xavotirda. Biroq qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi ehtimoli past.

Kiritildi: 14:37 19.11.2024. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!