Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yangi Zelandiyada jala oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Yangi Zelandiyada jala oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Yangi Zelandiyaning Shimoliy orolida jala oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi, deya xabar beradi Euronews.

To‘rt kundan beri to‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli suv toshqini sodir bo‘ldi. Turar-joy binolari vayron qilingan, avtomobil yo‘llari yopilgan. Mamlakatning 1,5 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan eng yirik shahri Oklendda favqulodda holat e’lon qilindi. Meteorologlar mintaqada seshanba kuniga qadar ob-havo yomon bo‘lishi, yana suv toshqini xavfi borligi haqida ogohlantirdi.

Mahalliy hukumat Yangi Zelandiyada tez-tez va kuchli yog‘ingarchiliklarga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lmoqda, deb aytishadi.

Kiritildi: 23:15 30.01.2023. O'qildi: 2303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!