Yangi Zelandiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) badal to‘lash majburiyatlarini jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqishi kerak.
Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Uinston Peters bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.
Uning ta’kidlashicha, AQShning JSSTdan chiqishi "tashkilotning hozirgi holati va uning samaradorligini shubha ostiga qo‘yadi". "AQSh JSSTdan chiqdi. Bu bir guruh saylanmagan globalist byurokratlar dunyo soliq to‘lovchilarining pullarini javobgarliksiz sarflaganda sodir bo‘ladi", deb yozgan Peters va Yangi Zelandiya soliq to‘lovchilarining pullari ichki emas, balki chet elda mas’uliyatli ravishda sarflanayotganini jiddiy ko‘rib chiqishi kerakligini ta’kidlagan.
Peters shuningdek, JSST "kerakli darajada ishlamaydigan shishgan tashkilotga aylanganini" ta’kidladi. "Biz Yangi Zelandiya xalqi oldidagi mas’uliyatimiz haqida jiddiy suhbatlashishimiz kerak", dedi u Yangi Zelandiya radiosida va "JSSTga a’zolik Yangi Zelandiyaga millionlab dollarga tushadi" deb ta’kidladi.