Bu haqda BBC xabar bermoqda
"18 avgust kuni Yangi Zelandiyadagi harbiy tribunal mahalliy askarni josuslikda aybdor deb topdi va bu mamlakat tarixida birinchi marta ayg‘oqchilik uchun o‘qilgan hukm bo‘ldi", deya xabar bermoqda nashr.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan askar o‘z harbiy bazasining xaritalari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni noma’lum davlatga taklif qilgan. Yashirin kontrrazvedka xodimi u bilan bog‘lanib, xaridor sifatida harakat qilgan.
Tergov davomida askar o‘z aybiga iqror bo‘lgan.