O‘zbekistonda barcha xodimlar ish haftasining turidan qat’i nazar Yangi yil bayramida ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoniga ko‘ra, 30 dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, Yangi yilda ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishlari mumkin. Ya’ni: 30 dekabr — shanba, 31 dekabr — yakshanba, 1 yanvar — dushanba .
"Mehnat huquqi" telegram kanali ma’lumotlarida qayd etilishicha, “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiga ko‘ra, 2024 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilishi mumkin:
6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2 yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6 yanvar — shanba esa ish kuni bo‘ladi.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2 yanvar seshanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.
Biroq, bu hozircha loyiha, Farmon e’lon qilinsa, barchasi aniq bo‘ladi.