Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Yangi o‘zbek-koreys ta’lim loyihasi: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji va Puchon Universiteti hujjatlar qabulini boshladi (foto)

A A A
Yangi o‘zbek-koreys ta’lim loyihasi: Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji va Puchon Universiteti hujjatlar qabulini boshladi (foto)

Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish deb nomlangan yangi fakultetga TATKHK hamda boshqa kollej va lisey bitiruvchilari qabul qilinadi. Shuningdek, o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, ikkinchi mutaxassislikka ega bo‘lishni istagan shaxslar ham ushbu fakultet talabasi bo‘lishi mumkin. Ta’lim kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bugun Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida (TATKHK) qabul qilish komissiyasi Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish deb nomlangan yangi fakultetga talabalarni qabul qilish jarayonini boshladi. Hujjatlarni qabul qilish 2019 yilning 15 fevraliga qadar davom etadi, o‘quv kursi 2019 yilning mart oyida boshlanadi. Bu haqda aniq.uz ga yaqin manba xabar berdi.

Yangi Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish fakulteti bu Puchon Universiteti (Janubiy Koreya) va Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining qo‘shma loyihasidir.

Kasb-hunar ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikning maqsadi jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish, XXI asr bilim va axborot asri talablariga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar yetishtirishdan iborat. Dizayni va jihozlanishi bo‘yicha yangi fakultet auditoriyalari va laboratoriyalari Puchon Universitetida qabul qilingan standartlarga mos keladi. Ta’lim yuqorida aytib o‘tilgan universitetning pedagogik texnologiyalariga yaqin ravishda olib boriladi, ikkinchi bosqichda esa talabalar Puchon Universitetining ayrim professorlari bilan tanishadilar , deydi TATKHK direktori Dmitriy Li.

O‘quv rejasi Puchon Universiteti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining standartlariga moslashtirilgan. Dasturda koreys tilini kuchaytirilgan ravishda (boshidan boshlab) o‘rganish nazarda tutilgan bo‘lib, talaba ikki yil ichida TOPIK ning 3-darajasiga tayyor bo‘ladi.

O‘qish muddati

O‘qishning 1 va 2-bosqichlari Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tadi. O‘qish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. TATKHKda o‘qish muvaffaqiyatli tamomlanganidan so‘ng, bitiruvchiga mahalliy namunadagi diplom beriladi.

2-bosqichni tamomlagandan so‘ng, koreys tili bo‘yicha 3-darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlardan a’lo va yaxshi baho olgan TATKHK talabalari Puchon Universiteti 3-bosqichi bakalavr yo‘nalishiga imtihonsiz olinadi. 4-bosqich bitiruvchi talabalarga Janubiy Koreya Respublikasida o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi beriladi.

O‘qish qiymati, to‘lov muddatlari va tartibi

TATKHKda o‘qishning bir yillik to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shartnoma tuzilgan sanadagi kursi bo‘yicha so‘mda to‘lanadi va umumiy qiymati 2000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Qabul komissiyasi

Qabul komissiyasi faoliyati bir oy mobaynida, 2019 yilning 15 yanvaridan 15 fevraliga qadar quyidagi manzil bo‘yicha davom etadi: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 7 (TATKHK). O‘qishga kirishni xohlovchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. O‘rta ma’lumot to‘g‘risida diplomning asl nusxasi.

2. 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.

3. Ro‘yxatdan o‘tgan joy (propiska) ko‘rsatilgan holda pasport nusxasi.

4. Ariza.

Fakultetlar, xalqaro hamkorlik va xorijiy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni www.tpkit.uz saytida olishingiz mumkin. Qabul komissiyasiga savollar bo‘yicha 71-236-11-92 telefon raqami orqali murojaat etishingiz mumkin.

Kiritildi: 13:43 15.01.2019. O'qildi: 5192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!