Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi hududidagi aholi ko‘chiriladi

A A A
Yangi Toshkent aeroporti qurilishi hududidagi aholi ko‘chiriladi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari tutash hududida Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi munosabati bilan aholi ko‘chiriladi va aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensasiya to‘lab beriladi.

Bu haqda O‘rta Chirchiq tumani hokimligi tomonidan aholi va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazildi.

«Bugun aeroport qurilishi bilan bog‘liq tashkiliy yumushlar doirasida tuman hokimi I.Kasimov Xalqobod mahallasi aholisi hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi. Unda aholi xonadonlariga va fermer xo‘jaliklari hududidagi mavjud bino-inshootlariga kompensasiya to‘lab berilishi, uning tartiblari haqida atroflicha tushuntirish berildi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi loyihasiga 2025 yil 15 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan edi.

Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, Yaponiyaning “Sojitz” va Koreyaning “Inhceon” kompaniyalari ishtirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyiha 4 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi.

Kiritildi: 23:46 29.10.2025. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!