Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Yangi Taraqqiyot Banki bilan hamkorlik o‘rnatiladi

Yangi Taraqqiyot Banki bilan hamkorlik o‘rnatiladi

2024 yilning 8 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Yangi Taraqqiyot Banki (YATB) bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Prezident Dilma Russeff bilan uchrashdi.

Tomonlar Markaziy Osiyoda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida muhim loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, mintaqaviy tashabbuslarni amalga oshirishga ko‘maklashish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish bo‘yicha YATB faoliyatini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Yangi taraqqiyot banki BRIKSga a’zo davlatlar (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) tomonidan tashkil qilingan. Bugungi kunda a’zo davlatlar qatoriga Misr, BAA, Bangladesh, Urugvay va Jazoir mamlakatlari qo‘shildi.

Bank maqsadi — BRIKS mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilmaviy va barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishdir.

Kiritildi: 10:16 12.11.2024. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!