UYEFA yangi mavsumda ham o‘z bayrog‘i ostida o‘tadigan turnirlarda 5 nafar zaxira futbolchisini maydonga tushirish mumkinligiga ruxsat berdi. APL da esa 3 nafar o‘yinchini almashtirish mumkin.
Ushbu qoida mavsum yakunigacha Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevro-2020 pley-off saralash bahslari, Millatlar ligasi kabi musobaqalarda amalda bo‘ladi.
Jamoalarga har bir o‘yin uchun 23 nafar futbolchini ro‘yxatga qo‘shishga ruxsat beriladi.