Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yana o‘sha "ko‘rshapalak uyasi": bu safar 5000 dollar yo‘q!

A A A
Yana o‘sha "ko‘rshapalak uyasi": bu safar 5000 dollar yo‘q!

2019 yil 2 sentyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 20 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 33 yoshli D.N. Sarbozor mahallasida joylashgan “Mingchinor” choyxonasida tanishi, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 38 yoshli A.U.ga saraton va boshqa turdagi og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan undan 5 000 AQSh dollari olganligi va shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 13:20 03.09.2019. O'qildi: 2910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!