Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yana Ozodbek Nazarbekov va Dilnoza Kubayeva! “Men u bilan tanish ham bo‘lmaganman”

Yana Ozodbek Nazarbekov va Dilnoza Kubayeva! “Men u bilan tanish ham bo‘lmaganman”

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov jurnalist Feruz Muhammadga eksklyuziv intervyu berdi.

Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

— Bu savol Dilnoza Kubayevaga ham berilgan ekan. To‘g‘risini aytsam, mana shu gapgacha biz Dilnoza Kubayeva bilan tanish ham bo‘lmaganmiz. Faqat salom-alik bo‘lgan, bir davrada o‘tirib suhbat ham qurmaganmiz, hatto. Shunchaki tanish bo‘lganmiz, bo‘ldi. Mana shu mish-mish avj olgan payt Namangandagi bir tadbirda ko‘rishib qoldik. Dilnoza Kubayeva boshlovchi edi, men xonanda sifatida borgandim. O‘sha yerda suhbatlashish imkoni bo‘ldi. Faqat bir-birimizga qarab kulamiz, hayron qoldik. Bu mish-mishning tarqalishiga asos topmadik. Yonma-yon tushgan suratimiz bo‘lmasa yoki kinoda birga rol ijro qilmagan bo‘lsak. Xullas, qanday qilib bu mish-mish tarqalib ketganiga javob topa olmadik.

Dilnoza Kubayevaning qanday ayolligi, oilaviy turmushi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Ungacha faqat Dilnoza Kubayeva aktrisa ekanligini bilardim, xolos. Boshqa hech narsa bilmasdim. Endi nima deymiz, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Bu fitna-fasodni yaxshi ko‘radigan insonlarning ig‘vosi, xolos.

 

Kiritildi: 18:55 25.08.2019. O'qildi: 6665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!